Denovda Ramazon barakasi

Date:

Ramazon oyi — mehr-oqibat, xayru saxovat va hamjihatlik oyi. Bu muborak kunlarda aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, oilalar dasturxonining to‘kin bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Denov tumanida ana shu ezgu maqsadlarni ko‘zlab, arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada go‘sht va go‘sht mahsulotlari, un va un mahsulotlari, guruch, yog‘, shakar, sabzavot-poliz hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxlariga nisbatan arzonlashtirilgan holda aholiga taklif etilmoqda.

Mazkur tashabbus bozor narxlarini barqarorlashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda Ramazon oyini xotirjam va barakali o‘tkazishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bu kabi yarmarkalar Ramazonning saxovat va mehr ulashish ruhini yanada mustahkamlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun