Qahramonlar e’zozda

Date:

1979-yil 25-dekabrdan 1989-yil 15-fevralgacha davom etgan Sovet-Afgʻon urushi minglab o‘zbek yigitlari hayotida o‘chmas iz qoldirgan tarixiy sinov bo‘ldi. Ular begona yurtda harbiy burchini ado etib, jasorat va matonat namunasini ko‘rsatdilar. Bugun esa ana shu fidoyi insonlar yurtimizda e’zoz va hurmatda yashamoqda.

Shu munosabat bilan Sariosiyo tumanida afg‘on urushi qatnashchilari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Odiljon Yaqubov o‘z so‘zida Afg‘onistondagi harbiy harakatlarda qatnashgan vatandoshlarimizning jasoratini alohida e’tirof etib, ularning bugungi tinch va osoyishta hayotimiz yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari hech qachon unutilmasligini ta’kidladi. Shuningdek, faxriylar hozirgi kunda ham yoshlar tarbiyasi, mahalla hayoti va turli sohalarda faol ishtirok etib, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotganini qayd etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘on urushida Sariosiyo tumanidan jami 1684 nafar yurtdoshimiz ishtirok etgan. Hozirgi kunda tumanda 634 nafar afg‘on urushi qatnashchilari istiqomat qilib kelmoqda. Ularning har biri — tirik tarix, saboq va matonat maktabidir.

Tadbir davomida faxriylar holidan xabar olinib, ularga ehtirom ko‘rsatildi. Samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va e’tibor ular qalbida cheksiz minnatdorlik tuyg‘usini uyg‘otdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun