Futbolchi qizlar kashf etiladi

Date:

Sherobod tumanida o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi tantanali tarzda boshlandi. Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda soha mas’ullari ishtirok etdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi yosh qizlarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli yosh futbolchilarni kashf etishdir. Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar futbolni qizlar ham faol o‘ynayotgani va jismoniy faollik ularning salomatligi, o‘zini rivojlantirish va jamoaviy ruhini mustahkamlash uchun muhim ekanini ta’kidlashdi.

Viloyat bosqichida hududlardan saralangan jamoalar o‘zaro bellashib, Respublika bosqichiga yo‘llanma uchun kurash olib boradilar. Respublika bosqichi g‘oliblari esa qimmatbaho mukofotlar — avtomobil va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Mazkur musobaqalar o‘quvchi-qizlarni sport bilan shug‘ullanishga rag‘batlantiradi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi va yosh iste’dodlarni ochib berish imkonini yaratadi. Shu orqali ular nafaqat jismonan, balki ma’naviy va ijtimoiy jihatdan ham rivojlanish imkoniga ega bo‘ladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun