Ayollar bandligi — farovonlik omili

Date:

Uzun tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. Tumanning “Mustaqillik” mahallasida yashovchi Nasiba Mustafoqulova xonadonida qo‘ziqorin yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, nafaqat oilasining barqaror daromad manbayini yaratdi, balki ayollarning uy sharoitida ham samarali mehnat qilib, yuqori natijalarga erisha olishini amalda namoyon etdi. Ixcham va qulay sharoitda tashkil etilgan ushbu faoliyat xotin-qizlar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Sahovat” mahallasida istiqomat qiluvchi Qizlarxon Boboaliyeva ham tomorqasidan unumli foydalanib, qulupnay yetishtirish orqali o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan. Mehnatsevarlik va izlanuvchanlik bilan parvarish qilinayotgan hosil oila daromadini oshirish barobarida, ayollarning jamiyatdagi faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Bu kabi tashabbuslar xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda oilalar farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun