Xalqaro olimpiadada munosib natija

Date:

Buxoro davlat universiteti mezbonligida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro kimyo va matematika fan olimpiadalarida (BIMO–2026 va BICHO–2026) 10 dan ortiq davlatdan 500 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi. Ular orasida Termiz davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.

Xususan, kimyo yo‘nalishidagi iqtidorli talabalarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, matematika yo‘nalishi talabalari ham aynan shunday natijani qayd etib, nafaqat TerDU, balki vohamiz sharafini munosib himoya qildilar.

Olimpiadaning tantanali taqdirlash marosimida talabalar bilan bir qatorda, ularni ushbu yutuqlarga yetaklagan professor-o‘qituvchilarga ham alohida ehtirom va hurmat ko‘rsatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun