Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Date:

Termiz tumani Tibbiyot birlashmasining “Yangiariq” filiali hududida joylashgan tibbiyot muassasalari yillar davomida rekonstruksiya qilinmagani sababli abgor holatga kelib qolgan edi. Davlat rahbarining ko‘rsatmalari hamda Hukumat qarorlari asosida ushbu filialdagi tibbiyot maskanlari bosqichma-bosqich qayta qurilib, zamonaviy shart-sharoitlar bilan ta’minlandi.

Eski obyekt o‘rnida 5 milliard 225 million so‘mlik loyiha doirasida barpo etilgan, hududdagi 12 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur poliklinikada bo‘lib, yaratilgan sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishdi. Soha mas’ullari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xizmat turlari va “Elektron poliklinika” tizimining joriy etilishi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun