Turar joy xarajatlari davlat hisobidan…

Date:

Hukumat qarori bilan ayrim toifadagi talabalar uchun muhim ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov joriy etildi. Endilikda davlat oliy ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, oilasi Ijtimoiy reyestrda “kambag‘allik chegarasidagi oila” sifatida qayd etilgan talabalarining talabalar turar joylarida yashash xarajatlari davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Mazkur imtiyoz talabaning grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar amal qiladi va 12 oy davomida saqlanib qoladi. Shuningdek, ushbu toifadagi talabalar davlat OTMlarning talabalar turar joylariga navbatsiz va ustuvor tartibda joylashtiriladi.

Yaratilgan bu qulaylik talaba-yoshlarni ijtimoiy tashvishlardan xalos etib, bor e’tiborini bilim olishga, o‘z ustida ishlashga va kasbiy salohiyatini oshirishga qaratishiga xizmat qiladi. Bugun berilayotgan imkoniyatlar yoshlar uchun ishonch va tayanch bo‘lib, ular esa bu e’tiborga puxta bilim, izlanish va mas’uliyat bilan javob berishlari lozim.

Davlat yaratgan sharoitlardan unumli foydalangan holda, bilimli va jamiyat uchun foydali inson bo‘lib yetishish — bugungi talaba yoshlarning eng muhim vazifasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun