Mehnat baraka keltirar

Date:

Angor tumanining “Markaz” mahallasida yashovchi Norqul Toshboyev tomorqasidan unumli foydalanib, mehnati orqali daromad topayotgan fuqarolardan biridir. 17 sotixli tomorqasining 6 sotixidagi issiqxonada «Alamina» navli pomidor parvarish qilinmoqda.

Norqul aka pomidor yetishtirish bilan besh yildan buyon shug‘ullanib keladi va mehnatning mevasini ko‘rishni qadrlaydi:

—Yerga mehr bersangiz, u albatta javobini qaytaradi. Pomidor ekishni vaqtida boshlasang, parvarishini e’tibor bilan qilsang, hosili ham shunga yarasha bo‘ladi. Tomorqadan nafaqat ro‘zg‘orga, balki bozorga ham mahsulot chiqaryapmiz, — deydi qahramonimiz. Pomidor ko‘chatlari 2025-yil 10-dekabr kuni yerga qadab chiqilgan bo‘lib, hozirda tomorqada Norqul Toshboyev va uning 2 nafar oila a’zosi kundalik parvarish ishlarini olib bormoqda. Ushbu tajriba tomorqada mehnat va g‘amxo‘rlik orqali baraka topishning yorqin misoli bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun