Qoʻshma loyiha doirasida…

Date:

Surxondaryo viloyatida xalqaro hamkorlik asosida qishloq joylarni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida viloyatning 5 ta tumanidagi 60 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlari boshlab yuborildi.

Loyiha doirasida jami 237 ta subloyiha amalga oshirilib, yo‘llarni asfaltlash, ichimlik suvi va elektr tarmoqlarini tortish, ijtimoiy obyektlar barpo etish, bolalar o‘yingohlari va salomatlik yo‘laklarini qurish kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olinmoqda.

Aholi takliflari asosida shakllantirilgan ushbu loyihalar 2028-yilgacha bosqichma-bosqich yakunlanib, mahallalardagi yashash sharoitini yaxshilash, ijtimoiy qulayliklar va hayot sifati oshishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...

Ta’limda xalqaro tajriba

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi...

Navro‘z sayllari boshlandi

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq...

Kambag‘allik chekinmoqda

Amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hududlarda aholi bandligini...
KunTun
KunTun