Reja asosida…

Date:

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Angor tumanida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 9 ta mahallada O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki hamda BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida infratuzilma yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu ishlar “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilmoqda. Xususan, “Karvon” va “Chinobod” mahallalarida piyodalar yo‘lakchalari qurilishi ishlari izchil davom etmoqda.

“Karvon” mahallasining “Oqsaroy” ko‘chasida umumiy uzunligi 2,1 kilometr bo‘lgan piyodalar yo‘lakchasi barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 800 metr masofada beton yotqizish ishlari yakunlandi. Ayni paytda qolgan qismda qurilish ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun