Aholi uchun sog‘lom ekologik muhit yaratish, hududlarni obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida Angor tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom ettirilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida tuman hududidagi mahallalar, ijtimoiy soha obyektlari atrofi, yo‘l yoqalari hamda ochiq maydonlarda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, ularni parvarishlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratilayotir. “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, havo sifatini yaxshilash hamda kelgusi avlod uchun sog‘lom yashash muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

