Chorrahaga svetofor o‘rnatildi

Date:

Oltinsoy tumani “Sayrak” mahallasida joylashgan chorrahada aholi va yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida svetofor qurilmasi o‘rnatildi. Mazkur chorraha avval svetoforsiz bo‘lib, transport oqimining zichligi sababli piyodalar va haydovchilar uchun bir qator noqulayliklar hamda xavfli holatlar yuzaga kelayotgan edi.
Yangi o‘rnatilgan svetofor orqali yo‘l harakati tartibga solinib, piyodalar xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalari harakatini muvofiqlashtirish va tirbandliklarning oldini olish ko‘zda tutilgan. Ushbu amaliy chora mahalla aholisi hamda yo‘lovchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda.
Mazkur tashabbus hududda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaVelosportchimiz muvaffaqiyat qozondi
Keyingi sahifaIBRAT

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun