Audiovizual asarlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Date:

Madaniyat vazirligida milliy askiya va qiziqchilik san’atini ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib etishga qaratilgan audiovizual asarlar yaratish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirok etib, g‘oliblarga mukofotlarni topshirdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 5 nafar ijodkorning audiovizual asarlari g‘olib deb topildi. Ular Bahodir Fozilov, Bahodir Berdimuratov, Erkinjon Jo‘lliyev, Nodirbek Nuriddinov hamda Javlonbek Rahmonov bo‘lib, har bir ijodkor bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida “O‘zbekiston so‘z ustalari” kitob-albomining birinchi jildi taqdimoti ham o‘tkazildi. Mazkur nashrda milliy askiya va qiziqchilik san’atining yetuk namoyandalari hamda ularning ijodiy faoliyati yoritilgan.

Mazkur tanlov Prezidentning PQ–222-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilib, milliy hazil-mutoyiba san’atini zamonaviy axborot makonida rivojlantirish va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun