Mehr va g‘amxo‘rlik timsoli

Date:

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasida Yangi yil bayrami munosabati bilan o‘quvchilar uchun unutilmas quvonchli tadbir tashkil etildi. Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbirda bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” tantanali tarzda topshirilib, ularning yuzida tabassum, qalbida esa iliq umid uyg‘otdi.

“Mehrli maktab” bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida uzoq muddat davolanayotgan bolalarning ta’limdan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda ta’lim jarayoni har bir bolaning sog‘lig‘i holati, shifokorlar tavsiyalari va individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda olib boriladi. Natijada, bolalar nafaqat davolanish jarayonini o‘taydi, balki bilim olish, rivojlanish va kelajakka ishonch bilan qarash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Mazkur ezgu tashabbus davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, taqdir sinovlariga duch kelgan bolalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yaqqol ifodasidir. “Prezident sovg‘asi” esa ular uchun shunchaki bayramona tuhfa emas, balki mehr, e’tibor va qo‘llab-quvvatlash ramzidir.

Bunday tadbirlar bolalarning ruhiy holatini mustahkamlash, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bu e’tibor har bir bolaning jamiyat uchun qadrli ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun