Mahalliy byudjet parametrlari muhokamada

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Axadbek Xaydarov hamda Soliq qo‘mitasining mas’ul xodimlari ishtirokida Surxondaryo viloyatining kelgusi yilga mo‘ljallangan mahalliy budjet parametrlari loyihasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mahalliy byudjetni shakllantirish, uning daromad manbalari, xarajatlar tarkibi, shuningdek, mablag‘larning samarali va maqsadli taqsimlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kelgusi yilda budjet xarajatlarining 65 foizi — 3 trillion 965,7 milliard so‘mi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishi belgilanib, mazkur ko‘rsatkich joriy yilga nisbatan 416 milliard so‘mga ko‘p ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, mahalliy budjetlar barqarorligini ta’minlash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun