Ekologik barqarorlik sari

Date:

Bandixon tumanida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muvozanatni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, tuman hududidan o‘tuvchi D-167 davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li yoqasiga tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan zaxira ko‘chat sifatida ikki turdagi jami 3000 dona archa ko‘chat qalamchalari ekildi.

Mazkur tashabbus yo‘l bo‘ylarining ko‘rkamligini oshirish, chang va zararli gazlar miqdorini kamaytirish, shuningdek, kelgusida sog‘lom va yashil muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Archa ko‘chatlari iqlim sharoitiga mosligi va uzoq umr ko‘rishi bilan ajralib turib, hududning ekologik holatini yaxshilashga xizmat qiladi. “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday sa’y-harakatlar Bandixon tumanining yanada obod, yashil va yashash uchun qulay maskanga aylanishiga, eng asosiysi, kelajak avlod uchun sog‘lom muhitni ta’minlashga mustahkam zamin yaratmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Raqamli avlod qizlari” saralandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Raqamli avlod qizlari”...

Muammoga yechim bor

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan psixologlar uchun navbatdagi...

Aholi tashabbusi ila…

Mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi, ayniqsa imkoniyati cheklangan fuqarolar...

Reja asosida…

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Angor tumanida qator loyihalar amalga...
KunTun
KunTun