Izzat Tolipov nishondor bo‘ldi

Date:

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni sohiblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Mamlakat hayotidagi muhim voqealardan biri sanalgan ushbu marosimda turli sohalarda yuksak natijalarga erishgan, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan fidoyi insonlar e’tirof etildi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli mukofotga Termiz davlat universiteti rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Izzat Tolipov ham munosib deb topildi. U yoshlar bilan ishlash, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi samarali faoliyati bilan ajralib turadi.

Ma’lumot oʻrnida ta’kidlash joizki, “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni Prezident farmoni hamda tegishli nizom asosida mamlakat taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshgan, oʻz sohasida yuqori yutuqlarga erishgan fuqarolarga topshiriladi. Ushbu mukofot fidoyilik va tashabbuskorlikning yuksak e’tirofi hisoblanadi.

Izzat Tolipovning mazkur mukofot bilan taqdirlanishi nafaqat uning shaxsiy yutugʻi, balki Termiz davlat universiteti jamoasi va faol yoshlar uchun ham katta faxr va ragʻbatdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qamrovi oshiriladi

Sariosiyo tumanining "Anorzor" mahallasida “Madina” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha...

2 million quti sigaret yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi kontrafakt tamaki mahsulotlari sud qarori...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida...

Moliyaviy xatarlardan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalariga yangi talab joriy etilishi...
KunTun
KunTun