Bayram tadbirlariga start berildi

Date:

Yangi yil nafasi tobora yaqinlashib kelayotgan ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bayram shukuhi hukmron. Viloyatning shahar va tumanlarida Yangi yil archalari qad rostlab, ularning atrofida rang-barang konsert dasturlari va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi amfiteatr maydonida o‘rnatilgan viloyatning asosiy bayram archasi yonida Yangi yil tadbirlariga rasman start berildi. Tadbir doirasida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bayram tadbirlarini yuqori saviyada, xavfsiz va tartibli o‘tkazish masalalari muhokama qilinib, aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hududiy studiyalar orqali shahar va tumanlarda tashkil etilayotgan bayram tadbirlariga mas’ullar biriktirilib, aholiga chinakam bayram kayfiyatini ulashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bayram munosabati bilan viloyatning barcha hududlarida konsert dasturlari, ommaviy sayillar bilan birga arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari ham faoliyatini kuchaytirmoqda. Bu esa aholining bayram dasturxoni va kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlarni barqaror narxlarda xarid qilishiga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyatida Yangi yil bayrami tadbirlari aholi uchun quvonch, shodlik va unutilmas lahzalarni tuhfa etishi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elshoddan yuqori natija

Adegiya Respublikasining Maykop shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida...

Insonparvarlik yordami yetkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon hayiti munosabati bilan...

Yangi zavod qurilishiga start berildi

Hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish...

Yoshlarning sanoatga qiziqishi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi...
KunTun
KunTun