Shomurodov chempionatda yetakchi

Date:

Turkiya Superligasining 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Samsunspor” — “Istanbul Boshoqshehir” uchrashuvida Eldor Shomurodov yorqin o‘yin namoyish etdi. O‘zbekistonlik hujumchining gol va assisti jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Uchrashuvning 66-daqiqasida Shomurodov raqib futbolchisining qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 83-daqiqada esa jamoadoshining goliga assistentlik qilib, o‘yindagi ikkinchi golga ham bevosita hissa qo‘shdi. Eldor 87-daqiqada zaxiraga olindi.

Mazkur o‘yin natijasiga ko‘ra, Shomurodov Turkiya chempionatida “gol+pas” tizimi bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga oldi. Hozirda uning hisobida 11 ta gol va 2 ta assist mavjud. Ikkinchi o‘rinda esa “Trabzonspor” safida to‘p surayotgan nigeriyalik hujumchi Pol Onuachu bormoqda — 11 gol va 1 assist.

Shomurodovning barqaror va samarali o‘yini “Samsunspor”ning chempionatdagi imkoniyatlarini yanada mustahkamlab bormoqda. Ayni paytda “Istanbul Boshoqshehir” 16 o‘yindan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun