Termizda taraqqiyot va bayram uyg‘unligi

Date:

Termiz tumanida amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma va bayram tadbirlariga tayyorgarlik ishlari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Dastlab viloyat rahbari “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda barpo etilayotgan “Texno Park” qurilishi jarayoni bilan tanishib, mas’ullarning hisobotlarini tingladi.

Mazkur loyiha hududda tadbirkorlik va ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ko‘zdan kechirish davomida qurilish ishlarini jadallashtirish, zamonaviy texnologiya va ishlanmalarni keng tatbiq etish, shuningdek, Xitoy tajribasini o‘rganib kelgan tadbirkorlarning ilg‘or tashabbuslarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida barpo etilgan 3 050 o‘rinli amfiteatr maydonida viloyatning asosiy Yangi yil bayram archasini o‘rnatish ishlari bilan tanishdi. Hududni bayramona bezash, aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi ko‘ngilochar tadbirlar, bayram savdo yarmarkalari va ko‘rgazmalarini tashkil etish, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlarini o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, shu joyning o‘zida “Zoom” platformasi orqali Termiz shahri va tumanlarda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik holati muhokama qilinib, bayram archalarini o‘rnatish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.

Mazkur ishlar viloyatda iqtisodiy rivojlanish bilan bir qatorda, aholining bayram kayfiyatini ta’minlash, madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun