Qurilish qayta jonlandi

Date:

Muzrabot tumanida joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabining 180 o‘rinli o‘quv binosida qurilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Ma’lumki, mazkur maktabning asosiy o‘quv binosi qurilishi ma’lum muddatga to‘xtab qolgan edi. Tuman hokimining tashabbusi va qat’iy nazorati asosida ushbu qurilish ishlari qayta tiklanib, bugungi kunda belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Hozirda pudratchi tashkilot — «CHIROY-MUZRABOT QURILISH» XK tomonidan 1 milliard 428 million so‘m mablag‘ evaziga maktab binosining tashqi fasadini yangilash hamda ichki suvoq ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Muzrabot tumanida “Tashabbusli budjet”ning 2025-yil 2-mavsum loyihalari doirasida ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun