Elektron vaucherlar joriy etiladi

Date:

Prezident farmoniga muvofiq, Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi manzilli yordam mexanizmi joriy etilmoqda. Endilikda ushbu toifadagi oilalarga moddiy yordam naqd pul ko‘rinishida emas, balki elektron vaucherlar orqali taqdim etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalarga:

– oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun — har chorakda 1 marotaba, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari miqdorida;

– kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar uchun — yiliga 2 marotaba, BHMning 5 baravari miqdorida moddiy yordam ajratiladi.

Ajratilayotgan mablag‘lar oziq-ovqat, kiyim-kechak va kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarni xarid qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular elektron savdo platformalari orqali foydalaniladigan elektron vaucher shaklida taqdim etiladi. Bu esa mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash, shaffoflikni oshirish va ehtiyojmand oilalarga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus jamiyatda ijtimoiy adolatni mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalarning turmush darajasini yaxshilash hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ishonchli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, davlatning inson manfaatlarini ustuvor deb biluvchi siyosatini yana bir bor namoyon etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun