Odamsimon robotlar o‘zimizda ishlab chiqariladimi?

Date:

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes davra suhbati yakunida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi va Koreyaning yetakchi robototexnika kompaniyasi «Robotis» o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqarish, robototexnika sanoatini rivojlantirish uchun zarur texnologik baza, ishlab chiqarish quvvatlari va malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishni nazarda tutadi.

Uchrashuvda yurtimiz nomidan delegatsiya ishtirok etib, ikki davlat o‘rtasida yuqori texnologiyalar, sanoat tarmoqlari va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bu tashabbus O‘zbekistonning texnologik rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun