Aprobatsiya imtihoni o‘tkazildi

Date:

Prezident tashabbusi bilan o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolarga mo‘ljallangan “Uzbek language proficiency test” platformasi sinovdan o‘tkazildi. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan aprobatsiya imtihoni CEFR standartlari asosida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholadi.

A1, A2 va B1 darajalarini qamrab olgan elektron sinovda 379 nafar chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etdi. Natijalar asosida topshiriqlar mazmuni, baholash mezonlari va platforma funksiyalari yanada takomillashtirilishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun