“Shunqorlar” g‘olib

Date:

Termiz shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning jismoniy tayyorgarligi hamda vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida “PAINTBALL” harbiy-sport musobaqasiga start berildi. Unda shahar hududidagi 4 sektordan tuzilgan, har biri 5 nafardan iborat jamoalar 20–25 yoshli ishtirokchilar bilan bellashdi.

Musobaqa jarayonlari chaqqonlik, jamoada ishlash va strategik fikrlashni talab etgan holda yuqori ruhda o‘tdi. Yakunda 1-o‘rin “Navro‘z” mahallasining “Shunqorlar” jamoasiga nasib etdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir yoshlarning sportga qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun