“Bayrog‘im — faxrim va iftixorim”

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 7-son “Oltin kalitcha” DMTTda “Hilpira bayrog‘im” shiori ostida keng qamrovli va ma’noli bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi — davlatimiz ramzlari, xususan, O‘zbekiston bayrog‘iga nisbatan hurmat, faxr va iftixor tuyg‘usini kichik yoshdan boshlab bolajonlar qalbiga singdirish, ularda Vatanga sadoqat va g‘urur hissini tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Bayram jarayoni ko‘tarinki ruhda, yuksak tayyorgarlik bilan o‘tkazildi. Kichkintoylarning chiqishlarida ularning mas’uliyat bilan tayyorlangani, mavzuning mazmun-mohiyatini qalban his etgani yaqqol sezildi. Ular Vatan bayrog‘i, tinchlik va yurt ravnaqi mavzusiga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlarni ijro etib, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Bolajonlarning har bir chiqishi nafaqat quvonch, balki yurtimiz ramzlariga bo‘lgan cheksiz hurmatning yorqin ifodasi sifatida ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir yosh avlodda milliy g‘urur va iftixorni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Muslima Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun