Odatlar

Date:

Bir kuni tolibi ilmlar keksa ustozi oldiga kelib, undan so‘radilar:

— Nega yomon odatlar odamni osongina egallaydi, yaxshi fazilatlarga qiyin erishilib,  ular ancha omonat bo‘ladi?

— Agar sog‘lom urug‘ni qoldirib, kasalini yerga ko‘msangiz nima bo‘ladi? — dedi ularga ustozi.

— Oftobda qolgan urug‘ halok bo‘ladi, tuproqqa ko‘milgani… Tuproqqa ko‘milgani esa yomon bo‘lsa ham unib chiqib,  kam bo‘lsa ham hosil beradi.

— Odamlar ham xuddi shunday qilishadi: xayrli ishlarni dildan bajarib qalbi to‘rida asrash va kamol toptirish o‘rniga, ularni ko‘z-ko‘z qilish uchun chiqarib qo‘yishadi va ehtiyotlamay nobud qilishadi. O‘zlarining gunohlari va illatlarini esa boshqalar ko‘rmasligi uchun imkon qadar dillari tubiga yashirib, ularni palak yozdirib yuboradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun