Ma’naviyat va ijod uyg‘unlashsa

Date:

Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan “Alpomish va Oybarchin” nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 100 nafar bolajon uchun qulay, zamonaviy va ma’naviy jihatdan boy muhit yaratgan.

Muassasada ta’lim jarayoni o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Bolajonlar uchun ingliz tili, shaxmat, mental arifmetika, kurash, badiiy gimnastika va musiqa yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ular bolalarning tafakkuri, jismoniy rivoji va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Bog‘cha rahbari ta’kidlaganidek, bu maskanda asosiy maqsad — daromad emas, balki sifatli ta’lim va har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bog‘chaning ichki muhitida esa o‘ziga xos mehr va ijod ruhi sezilib turadi. Devorlarda osilgan hunarmandchilik buyumlari, bezaklar hamda suratlarning barchasi bolalar va tarbiyachilarning o‘z qo‘llari bilan yaratilgan. Har bir burchakda bolajonlarning mehnati, iste’dodi va bolalik quvonchi aks etgan.

Ushbu bog‘cha o‘z faoliyati bilan zamonaviy ta’lim talablari va milliy qadriyatlar uyg‘unligini namoyon etib, yosh avlodni intilish, yaratuvchanlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ibratli namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...

Ta’limda xalqaro tajriba

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, yetakchi...

Navro‘z sayllari boshlandi

Surxondaryo viloyatida bahorning eng go‘zal bayrami – Navro‘z umumxalq...

Kambag‘allik chekinmoqda

Amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hududlarda aholi bandligini...
KunTun
KunTun