Surxondaryoning “Oltin fondi” bilan muloqot

Date:

Har bir jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchi — ilm-fan, ma’rifat va tafakkur egalari hisoblanadi. Shu bois bilimli, tashabbuskor va iqtidorli insonlar har qanday davlatning haqiqiy “Oltin fondi”, uning kelajak salohiyati hamda strategik taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy kuchdir.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida vohaning “Oltin fondi” — professor-o‘qituvchilar, fan doktorlari hamda iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol talabalar, ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlar, professor o‘qituvchilar, fan doktorlari va mas’ullar ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish, bilim va iqtidorini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, yoshlar va ilmiy jamoa vakillarining taklif va tashabbuslari tinglanib, ular asosida yangi ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli yoshlarning g‘oya va sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun