Ehtiyojmand oilalarga yordam beriladi

Date:

Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va qish mavsumida ularning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida, bu yil kam ta’minlangan oilalarga 1 million so‘m miqdorida moddiy yordam ajratiladi.

O‘tgan yilda 120 mingta oila 270 ming so‘mdan yordam olgan bo‘lsa, bu yil nafaqa miqdori 2,5 baravar oshirilmoqda. Yangi tartibda yordam miqdorining sezilarli ko‘paytirilishi aholining energiya xarajatlarini qoplash, issiqlik tizimidan samarali foydalanish hamda turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mazkur dastur doirasida Davlat budjetidan 1,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Yordam mablag‘lari ijtimoiy himoya organlari orqali, manzilli tartibda, eng ehtiyojmand qatlam vakillariga yetkaziladi. Bu chora mamlakatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning qish mavsumini bemalol o‘tkazishlariga ko‘maklashish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun