Mas’uliyati oshirildi

Date:

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish va xodimlar o‘rtasida shukronalik hissini yanada oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, fuqarolar mulkini himoya qilishda yuqori mas’uliyat bilan ish tutish har bir xodim uchun asosiy burch ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, korrupsiya jinoyatining oldini olish, xizmat jarayonida qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolar ishonchini oqlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Mas’ul ofitserlarga xodimlar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy suhbatlarni olib borish, ularning yashash xonadoniga borgan holda oilaviy ahvolini o‘rganish, mavjud muammolarini hal etish yuzasidan vazifalar yuklatildi. Bo‘linmalarda xizmat intizomini mustahkamlash, ichki nazoratni kuchaytirish, qo‘riqlash ob’ektlarida javobgarlikni oshirish hamda fuqarolar bilan muloqot madaniyatiga e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Situatsion markaz qurilishiga start berildi

Kunchiqish mamlakatiga amalga oshirilgan tashrif va delegatsiyalar bilan o‘tkazilgan...

Eski obyekt zamonaviy ko‘rinishda

Termiz tumani tibbiyot birlashmasining Yangiariq filiali hududidagi yana bir...

42 ta xonadon foydalanishga topshirildi

Aholini sifatli turar joy bilan ta’minlash dasturi doirasida o‘tgan...

Qamrov oshadi

O‘tgan yillar davomida davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda farzandlarimizning ilm...
KunTun
KunTun