Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Date:

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki tobora kengaymoqda. Ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoya hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Guliston” mahallasida joylashgan suzish havzasida o‘rganishlar olib bordi. Mazkur majmua ilgari berilgan topshiriqlar asosida zamonaviy talablarga mos tarzda ta’mirlanib, yosh sportchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Hokim sportchilar bilan suhbatlashib, ularning mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Suzish sportini ommalashtirish, yoshlarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash hamda sport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi. Shuningdek, Ijtimoiy himoya agentligi vakillari nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirkorlar uchun soliq va boshqa imtiyozlar joriy etilgani nogironligi bo‘lgan fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu yo‘nalishda mos ish o‘rinlarini kvotalash, bandlikni kengaytirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish vazifalari belgilandi.

Bu kabi tashabbuslar — har bir fuqaro, jumladan nogironligi bo‘lgan insonlarning ham jamiyatda munosib o‘rin egallashi va faol hayot kechirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun