Diplomi tan olinadimi?

Date:

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ga qo‘shilmoqda. Ushbu hujjat 2019-yil 25-noyabrda Parijda qabul qilingan bo‘lib, BMT tizimidagi oliy ta’lim sohasiga oid birinchi global bitim hisoblanadi.

Konvensiyaning maqsadi — turli davlatlarda olingan diplom va malakalarni adolatli, shaffof va teng asosda tan olish, shuningdek, talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning xalqaro harakatchanligini kengaytirishdir.

Mazkur bitim ratifikatsiyasi natijasida xorijda olingan diplomlarni tan olish jarayoni sezilarli darajada yengillashadi, bu esa O‘zbekiston yoshlariga xorijda o‘qish va ishlashda, shuningdek, xorijlik mutaxassislarning mamlakatimizda faoliyat yuritishida yangi imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari, konvensiya O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi ilg‘or davlatlar bilan hamkorligini mustahkamlab, ilmiy almashinuv va akademik hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun