TDMAUda xalqaro anjuman oʻtkazildi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Oʻzbekiston janubida qishloq xoʻjaligini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Tadbirda Janubiy Koreya, AQSH, Hindiston, Rossiya, Filippin, Pokiston va Tojikistondan nufuzli olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Anjumanda qishloq xoʻjaligini zamonaviy innovatsiyalar asosida rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, resurslarni tejaydigan texnologiyalar, sugʻorish tizimlari va nanotexnologiyalar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Shuningdek, xorijlik olimlar bilan ilmiy hamkorlik aloqalari oʻrnatilib, universitet ilmiy salohiyatini oshirish va xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari kengaytirildi. Tadbir qishloq xoʻjaligi sohasida innovatsion yechimlarni joriy qilish va yangi ilmiy yondashuvlarni tatbiq etish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun