“Media markaz” ish boshladi

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Dastlabki manzil — Termiz shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bo‘lib, unda markaz tarkibidagi “Media markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Media markaz” ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, ijtimoiy dasturlarni yoritish va aholining xabardorlik darajasini oshirishda muhim axborot platformasi hisoblanadi. Uchrashuv davomida axborot siyosatini samarali tashkil etish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish, aholiga tezkor va ishonchli ma’lumot yetkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Viloyatda ijtimoiy himoya tizimini yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va bu jarayonda “Media markaz”ning axborot hamkorlikdagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Press-tur davomida Angor tumanidagi “Yangi turmush” mahallasida joylashgan 1- va 2-sonli “Oilaviy bolalar uylari” faoliyati bilan tanishildi. Bolalar uylarida yaratilgan qulay sharoitlar, tarbiyalanuvchilarning ta’lim olishi, mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, bolajonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning orzu-intilishlari, kelajakdagi rejalari va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqi haqida so‘z yuritildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun