Rekonsturksiya ishlari yakunlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Sho‘rchi tumanida joylashgan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (zaif eshituvchi va kar) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 122-sonli maktab-internatida qiymati 500 million so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Loyiha doirasida ilgari foydalanishga yaroqsiz holatda bo‘lgan sport zali kapital ta’mirdan chiqarilib, o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Ochilish marosimida maktab direktori hamda jamoatchilik faollari o‘quvchilarni, ularning ota-onalarini va pedagoglar jamoasini muborakbod etdi.

Ushbu maskanda nafaqat jismoniy tarbiya fanlari namunali tarzda o‘tilmoqda, balki 10 ga yaqin sport to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Mazkur tashabbus o‘quvchilarni parasportga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan.

Hozirda maktabda 411 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Har bir bola o‘z qiziqishiga qarab turli sport turlariga yo‘naltirilgan. Yaratilgan zamonaviy sharoitlar o‘quvchilarning sog‘lom, baquvvat va irodali bo‘lib ulg‘ayishiga, shuningdek, sifatli ta’lim olishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elshoddan yuqori natija

Adegiya Respublikasining Maykop shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida...

Insonparvarlik yordami yetkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon hayiti munosabati bilan...

Yangi zavod qurilishiga start berildi

Hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish...

Yoshlarning sanoatga qiziqishi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi...
KunTun
KunTun