Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Date:

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova boshchiligida mahalla faollari, nuroniylar, ta’lim sohasi vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda ajrimlarning oldini olish, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi masalalar muhokama qilindi. Nikoh shartnomasining ahamiyati va tarbiyadagi hamkorlik zarurligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv mahalla tizimi islohotlarini jadallashtirish, oila institutini mustahkamlash va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun