Talabalar osh damladi

Date:

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida birgalikda osh tayyorlashdi. Jarayon davomida yigit-qizlar jamoaviylik, do‘stlik va o‘zaro hurmat muhitida ishtirok etib, nafaqat mazali taom tayyorlashdi, balki bir-birlariga mehr va hamjihatlik ruhini ulashishdi.

Mazkur faoliyat tyutor Samandar Abilov rahbarligida amalga oshirilib, talabalarning ijodkorlik va hamkorlik ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday tashabbuslar yoshlarning ijobiy kayfiyatini oshirish, jamoada ishlash madaniyatini shakllantirish hamda o‘qishdan tashqari faoliyatni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun