Basaltdan mineral vata ishlab chiqariladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investorlar bilan navbatdagi uchrashuvlarni Xitoyning “Sino Sin Shanxi” kompaniyasi raisi Jao Juntao hamda “Qingdao Lenado Intelligent Equipment Co., Ltd” kompaniyasi injeneri Chjan Chjitsyan bilan o‘tkazdi. Unda mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirish jarayonlari muhokama qilindi.

Jumladan, Boysun tumanida shaxta usulida ko‘mir qazib olish hamda uni chuqur qayta ishlab metanol, sintetik ammiak, karbamid, polipropilen, olefinlar va koks mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi qurilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Termiz tumanida yo‘lga qo‘yilgan bazalt xom ashyosidan mineral vata ishlab chiqarish korxonasini jihozlash ishlarini yakuniga yetkazish jarayonlari muhokama etildi.

Yakunda mavjud loyihalarni amalga oshirish sur’atlarini jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, istiqboldagi hamkorlikni yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalar orqali yanada kengaytirish imkoniyatlari qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun