Hamkorlikning yangi bosqichlari muhokamada

Date:

Surxondaryo viloyati hokimining ish rejasiga muvofiq, bugun 10 ta davlatdan tashrif buyurgan 15 ga yaqin investorlar hamda yirik kompaniyalar delegatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar tashkil etilishi belgilangan.

Shu doirada viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ilk uchrashuvni “ARK Educational System’s” kompaniyasi ta’sischisi Kajiura Genki boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi bilan o‘tkazdi. Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistondagi hamkorlari ham ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilinib, umumiy qiymati 10 million AQSH dollarlik investitsiya loyihasi doirasida Termiz shahrida O‘zbekiston–Yaponiya texnologiya universiteti va xususiy maktab tashkil etish, shuningdek, Ona va bola salomatligi markazini barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud loyihalarni jadallashtirish hamda istiqboldagi yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish borasida kelishuvga erishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun