Oilam jamiyatga poydevor

Date:

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirokida “Ma’naviy  tarbiyali oila — yuksak jamiyat poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, barkamol avlod tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, shuningdek, milliy qadriyatlarimizning oilaviy hayotdagi o‘rni va ahamiyati keng targ‘ib etildi.

Shuningdek, tadbir davomida harbiy psixologlar ishtirokida psixologik treninglar o‘tkazildi. Ushbu treninglarda ishtirokchilar oilaviy muhitda yuzaga keladigan psixologik muammolar, ularning oldini olish, sog‘lom kommunikatsiya o‘rnatish va farzand tarbiyasida ruhiy barqarorlikni saqlashga oid foydali tavsiyalar olishdi.

— Men o‘qituvchiman, shuningdek turmush o‘rtoq va ona hamdurman, — deydi S. Xasanova. — Turmush o‘rtog‘m harbiy xizmatchi. Men pedagog sifatida yosh avlodga ta’lim va tarbiya berganda, turmush o‘rtog‘imning kasbi orqali oilamizga olib kirgan vatanparvarlik, tartib-intizom va jasorat qadriyatlarini ham o‘rgatishga intilaman. Chunki har bir farzand yurtimizning mustaqilligini himoya qilish va uni rivojlantirishda sergak va bilimli bo‘lishi zarur. Men bugun hayotimdan mamnunman, chunki oilam bilan birga jamiyatda faol va mas’uliyatli shaxs sifatida yashayapman.

Mazkur tadbir oila qadriyatlarini mustahkamlash, yoshlarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash, ularni vatanparvar va ma’naviy yetuk shaxs etib voyaga yetkazishda katta ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun