Ilmiy hamkorlik yangi bosqichda

Date:

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi oliy ta’lim va ilmiy sohadagi hamkorlik izchil kengayib bormoqda. Buni yaqinda Shanxay hamkorlik tashkiloti universitetlarining VIII Energetika konferensiyasi hamda “Bir makon, bir yo‘l” universitetlar alyansi 10 yilligi doirasida Xitoyda o‘tkazilgan yirik anjumanlar ham yaqqol tasdiqladi.

Mazkur xalqaro tadbirlarda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti (TDMAU) delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi. Anjumanlar chog‘ida energiyaning barqaror ta’minoti, qayta tiklanuvchi manbalar, yashil texnologiyalar, hamda iqlim o‘zgarishi kabi global dolzarb muammolar muhokama qilindi, ilm-fan va ta’limni uyg‘unlashtirishga oid istiqbolli yondashuvlar ilgari surildi.

Tadbir doirasida TDMAU va Shimoliy Xitoy Energetika universiteti (NCEPU) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki oliygoh o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish hamda talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Shuningdek, memorandum doirasida 2026-o‘quv yilidan boshlab TDMAU talabalari NCEPUda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa yosh mutaxassislarning xalqaro miqyosdagi bilim va tajribaga ega bo‘lishiga keng yo‘l ochadi.

Yana bir muhim jihat — Xitoyning O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalari bilan hamkorlikda bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasi ham kelishib olindi. Bu esa nafaqat ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, balki yosh kadrlarga o‘z sohasida amaliy faoliyat olib borish imkonini yaratadi.

Mazkur hamkorlik nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, balki O‘zbekistonda energetika, muhandislik va agrotexnologiyalar yo‘nalishida yetuk mutaxassislar tayyorlashga ham zamin yaratadi. Shu orqali mamlakatning ilmiy-innovatsion salohiyati yangi bosqichga ko‘tariladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob javonda emas, inson qalbida yashashi kerak

Har tong kutubxona eshigini ochganimda javonlarda saf tortib turgan...

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...
KunTun
KunTun