Fast-fud xotirani susaytiradi

Date:

Shimoliy Karolina universiteti olimlari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, yog‘li fast-fud taomlarni atigi to‘rt kun iste’mol qilishning o‘zi ham xotira faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mutaxassislarning aniqlashicha:

Fast-fudlar miyaning glyukozani qayta ishlash qobiliyatini pasaytiradi;

Xotira shakllanishi uchun mas’ul bo‘lgan hujayralar faoliyatini buzadi;

Natijada odamda xotira susayishi kuzatiladi.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar to‘g‘ri ovqatlanish, intervalgacha ro‘za va glyukoza darajasini tiklash xotirani normallashtirishda ijobiy samara berishini qayd etishgan.

Ushbu natijalar sog‘lom ovqatlanishning ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Mutaxassislar fast-fudlarni ko‘p iste’mol qilish nafaqat semirish va metabolik kasalliklarga, balki xotira va kognitiv salomatlikka ham zarar yetkazishini ta’kidlashmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalla faoliyati raqamli nazoratda

Mahallalarda ish samaradorligini oshirish, mas’ul xodimlar faoliyatini muntazam kuzatib...

“Guliston”da yangi yashil hudud barpo etiladi

Yashil hududlarni kengaytirish faqat ko‘chat ekish bilan cheklanmaydi. Buning...

Xurmo tashqi bozorga yo‘l olmoqda

Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bozorbopligini oshirish va uni eksportga...

Kuchlilar aniqlandi

Chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni sinovdan o‘tkazgan “Quvnoq startlar”...
KunTun
KunTun