Ijod va xotiralar oqshomi

Date:

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan taniqli shoir, publisist va tajribali jurnalist Narzulla So‘fiyevning 80 yosh yubileyi keng nishonlandi. Ushbu esda qolarli tadbir Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda uyushmalar a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari, ota-onalar, ijodga mehr qo‘ygan talabalar va faol yoshlar ishtirok etdi. Bu, albatta, so‘z san’atiga ehtiromning, ijodkor shaxsga bo‘lgan yuksak hurmatning yaqqol ifodasi bo‘ldi.

Kechada taniqli adib va jurnalistlar so‘z olib, ustoz ijodkorni muborakbod etdilar. Ular Narzulla So‘fiyevning jurnalistika va adabiyotdagi o‘rni, yoshlarga ko‘rsatgan ustozlik maktabi, milliy matbuot va adabiy jarayondagi xizmatlari haqida iliq xotiralarini bo‘lishdilar.

Narzulla So‘fiyev — ijodiy faoliyati davomida adabiyot va jurnalistikani uyg‘un olib borgan, o‘zining teran publitsistikasi, hayotiy she’rlari, dolzarb maqolalari bilan xalq qalbidan mustahkam o‘rin olgan ijodkor. Uning qalam mahsuli yillar davomida jamiyatdagi muhim ijtimoiy masalalarga oydinlik kiritib, ko‘plab o‘quvchilarga fikr va ruhiyatda kuch bergan.

Ushbu kecha nafaqat ustoz shoir va jurnalistning hayot yo‘lini yodga olish, balki yosh avlodni so‘zga mehr qo‘yishga, ijodga mas’uliyat bilan yondashishga undash jihatidan ham ahamiyatli bo‘ldi. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari bunday uchrashuvlardan ilhom olib, o‘z ijodiy izlanishlariga yangi kuch bag‘ishladilar.So‘z va qalam fidoyisining 80 yosh yubileyi keng jamoatchilikning e’tiborida o‘tdi. Bu tadbir — ijodkor shaxsning hayoti va mehnati, milliy matbuot va adabiyot ravnaqidagi xizmatlariga munosib ehtirom bo‘lib, uning boy ijodiy merosi kelajak avlod uchun hamisha ibrat manbai bo‘lib qolaveradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elshoddan yuqori natija

Adegiya Respublikasining Maykop shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida...

Insonparvarlik yordami yetkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon hayiti munosabati bilan...

Yangi zavod qurilishiga start berildi

Hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish...

Yoshlarning sanoatga qiziqishi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi...
KunTun
KunTun