Aholi manfaatiga muvofiq

Date:

Bugungi kunda har qanday mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti va xalq farovonligi bevosita uning transport va yo‘l infratuzilmasining rivojlanish darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Zamonaviy va xavfsiz yo‘llar nafaqat shaharlararo aloqalarni mustahkamlash, balki hududlar o‘rtasidagi savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarining samarali rivojlanishiga ham keng imkoniyat yaratadi. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarining o‘tish qismi ham modernizatsiya qilinib, mintaqada transport oqimining samaradorligini oshirish, aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, viloyatda transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu loyiha Xalq deputatlari viloyat kengashining XIV sessiyasida muhokama qilingan edi.

Natijada, viloyat mahalliy byudjetidan ayni yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga subsidiya ajratilib, shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasi yanada rivojlantiriladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi “Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 718-sonli qaroriga muvofiq “Subsidiya” axborot tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur tizim “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” bilan integratsiya qilingan. Joriy oyda 2025-yilning o‘tgan oylari uchun shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel avtobus yo‘nalishlarida ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha ko‘rilgan zararlar miqdorini qoplab berish bo‘yicha jami 94 ta ariza kelib tushgan.

Bu borada hududiy komissiyaning yig‘ilish bayoni rasmiylashtirilgan bo‘lib, mas’ul tashkilotlar tomonidan ma’qullangan arizalar bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplab berish bo‘yicha jami 98 548,7 ming (to‘qson sakkiz million besh yuz qirq sakkiz ming yetti yuz) so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari viloyat mahalliy byudjetida tasdiqlangan parametrlar hisobidan qoplab beriladi. Shu munosabat bilan “Termiz-transportxizmat” MCHJga norentabel avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rilgan zararlarini qoplash uchun subsidiya mablag‘lari ajratish bo‘yicha sessiya qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublkasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarorining 11-ilovasida Termiz shahrining trasport va yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish hamda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich “Brutto-shartnomasi” tizimiga o‘tkazish topshirig‘i berilgan.

Prezidentning ushbu qarori ijrosi yuzasidan bugungi kunda Toshkent, Samarqand, Andijon, Urganch va boshqa shaharlarda yo‘lovchi tashish tizimi “Brutto shartnomasi” asosida tashkil etilganligi hisobiga ushbu shaharlarda jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanib, avtobus parklari xorijda ishlab chiqarilgan barcha qulayliklarga ega zamonaviy avtobuslar bilan ta’minlanganligi hisobiga aholiga yo‘lovchi tashish jozibadorligining oshishiga erishilganligini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatishimiz mumkin.

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi tomonidan Termiz shahar hokimligi ko‘magi bilan Toshkent davlat Transport universiteti, Termiz davlat Muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilari hamkorligida Termiz shahridagi avtobus yo‘nalishlari va oraliq bekatlarning holati bo‘yicha monitoringlar o‘tkazilib, yangi uchta yo‘nalish, ya’ni, “Termiz Istiqlol maydoni – Manguzar avtoshoxbekati”, “Termiz avtoshoxbekati – Oromgoh bekati” va “Termiz avtoshoxbekati – Manguzar avtoshoxbekati” yo‘nalishlari ishlab chiqildi.

Brutto tizimi Termiz shahrida joriy etilgandan so‘ng, yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish sifati yaxshilanib, oraliq interval vaqtlarining 20-25 daqiqadan 8-10 daqiqaga tushishi, bekatlarda turib qolish holatlarining oldi olinishi va boshlang‘ich bekatdan oxirgi bekatga avtobuslarning o‘z vaqtida yetib borishiga, harakat jadvalining kech soat 19:00 dan 21:00 gacha uzaytirilishiga erishiladi hamda yo‘l kira haqlarini to‘lashda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi (ATTO) va boshqa to‘lov kartalari orqali to‘lash ishlari amalga oshiriladi. Bu esa qulaylik yaratish bilan birga avtobuslarning yo‘nalishlarda bir maromda harakatlanishiga imkon yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi

Hukumatning 2025-yil 30-sentyabrdagi 614-son qarori bilan “Texnikumlarda xorijiy taʼlim...

Ijod va xotiralar oqshomi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar...

Kreditlar ajratish tartibi belgilandi

O‘zbekiston hukumati qarori bilan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga...

Haydash hujjatsiz, qolmas javobsiz

O‘zbekistonda 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab hujjatsiz skuter va moped haydovchilariga...
KunTun
KunTun