Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Date:

1-oktyabr – Ustoz va Murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati, faxriy ustozlar, “Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi” o‘qituvchilari, shaxsiy tarkib va yosh xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Favqulodda vaziyatlar vazirining ustoz va murabbiylarga yo‘llangan tabrigi tinglandi. Unda ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni, yoshlarga berayotgan ta’lim-tarbiyasi hamda fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.

Shundan so‘ng, soha faxriylariga va ta’lim-tarbiya yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarga samimiy tilaklar bildirildi. Yurt kelajagi bo‘lgan yosh avlodni vatanparvar, bilimdon va ma’naviyatli qilib tarbiyalashda ustozlarning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan faxriy ustozlar, shuningdek, “Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi”da samarali faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ularning soha rivojiga qo‘shgan hissasi hamda yoshlar ongida xavfsizlik madaniyatini shakllantirishdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida boshqarma shaxsiy tarkibidan sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan, respublika va hududiy chempionatlarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlar ham taqdirlandilar. Ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirilib, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishdagi xizmatlari alohida qayd etildi.

Shuningdek, yosh xodimlar tomonidan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan tabrik so‘zlari, she’rlar va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Surxondaryo viloyati FVBda o‘tkazilgan mazkur tadbir ustoz va murabbiylarga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorlik ifodasi sifatida ahamiyatli bo‘ldi.

Oldingi sahifaTerDUda yangi sahifa
Keyingi sahifaTajriba almashildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...

Himoyaning  yangi  modeli

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash, korrupsiya xavflarini...
KunTun
KunTun