Tajriba almashildi

Date:

Uzun tumanida Fermerlar kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan seminar yer egalari uchun haqiqiy ochiq maktabga aylandi. Unda to‘qsonbosti ekinlarini to‘g‘ri tashkil etish, ulardan yuqori hosil olish sir-asrorlari haqida so‘z yuritildi.
Seminarda mutaxassislar faqat nazariya bilan cheklanib qolmadilar, balki fermerlarga yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrotexnik qoidalarga amal qilish, kelgusi yilgi hosilni mo‘l qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.
Ishtirokchilar ekin maydonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalarni kuzatib, o‘zlari uchun foydali tajribalarni olib ketdilar. Bu esa kelajakda har bir fermerning hosildorlikni oshirish va resurslardan samarali foydalanishda muhim dasturulamal bo‘lishi shubhasiz.
Seminar yakunida ko‘plab fermerlar: “Bunday uchrashuvlar hosilni ko‘paytirishgina emas, balki tajriba almashish, yangi bilim olish va hamkorlikni mustahkamlash uchun ham juda foydali ekan,” deya fikr bildirdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun