Ijtimoiy soha obyektlari kuz-qish tayyor

Date:

Kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, aholining farovon yashashi va ijtimoiy soha obyektlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa, maktab, bog‘cha va shifoxonalarda issiqlik va energiya barqarorligini yaratish orqali bolalar, o‘quvchilar hamda bemorlar uchun qulay sharoit shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Surxondaryo viloyatida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil davomida viloyatdagi 391 ta maktabgacha ta’lim muassasasiga 869 ta geliokollektor o‘rnatilishi belgilangan. Bu nafaqat energiya samaradorligini oshiradi, balki muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga ham xizmat qiladi.

Shuningdek, 86 ta ijtimoiy soha obyektida 315 ta tadbir amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan:

57 ta obyektga energiya tejamkor modulli qozonxonalar,

255 ta zamonaviy gaz yondirgichlar,

3 ta sirkulyatsion nasos o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. U yerda mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hozirgi natijalar va kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.Tashrif davomida hukumat qarorlariga muvofiq barcha ijtimoiy soha obyektlarini qisqa muddatlarda kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holatga keltirish zarurligi ta’kidlandi. Bu esa, o‘z navbatida, viloyatda barqaror energiya ta’minotini yaratish, aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash va qulay hayot sharoitlarini ta’minlashda muhim qadam bo‘lmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUda yangi sahifa

Xabaringiz bor, joriy o‘quv yilidan boshlab xorijiy filologiya fakulteti...

Mahalla aholisi uchun yangi tibbiy maskan

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Istiqlol” mahallasida bugun quvonchli voqea – “Oila...

Yangi hayot sari dadil qadam

Denov tumanida o‘tkazilgan tantanali tadbirda bir guruh fuqarolarga yangi...

Tadbirkorlik uchun yangi maydonlar ochilmoqda

Tadbirkorlik – nafaqat iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi, balki yangi ish...
KunTun
KunTun