“Tourism Expo Japan 2025”da turizm salohiyatimiz namoyon

Date:

Yaponiyaning Tokoname shahrida bo‘lib o‘tgan “Tourism Expo Japan 2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Surxondaryo viloyati o‘zining boy tarixiy merosi, madaniy qadriyatlari va zamonaviy turistik imkoniyatlarini keng targ‘ib qildi.

O‘zbekiston uchun ajratilgan pavilonda Surxondaryoning qadimiy obidalari, milliy urf-odatlari, an’anaviy liboslari va diqqatga sazovor maskanlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Bu esa ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘rgazma doirasida viloyat delegatsiyasi Yaponiyaning rivojlangan turizm infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi, xalqaro turoperatorlar va yirik turistik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida o‘nga yaqin hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolandi.Viloyatimiz delegatsiyasining mazkur nufuzli anjumandagi ishtiroki viloyat turizm salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlarni jalb etish hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun