HAMMA GAP QANDAY QARASHDA

Date:

Bir zamonlar bir ko‘zi g‘ilay va bir oyog‘i kalta podshoh bo‘lgan ekan. Kunlarning birida u barcha rassomlarni chaqirtirib, jismoniy nuqsonlarini yashirgan holda suvratini chizishni buyuribdi. Lekin rassomlarning birortasi bunga rozi bo‘lmabdi.

Ular o‘zaro “Bir ko‘zi g‘ilay va bir oyog‘i kalta podshohni sog‘lom ko‘z va oyoqli qilib tasvirlash yolg‘on manzara bo‘ladi, biz bunday ishga qo‘l urmaymiz”, deyishibdi va har xil bahonalar bilan shohga uzrlarini izhor qilishibdi. Ammo bir rassom bunga rozi bo‘lib, barcha musavvirlarni hayratga solibdi.

Haqiqatan u podshohning nuqsonsiz rasmini juda ham mohirona tasvirlabdi.

Suvratda podshoh ov miltig‘ini ushlab kiyikni nishonga olayotgan holatda edi. Bunday choqda tabiiyki, ovchi bir ko‘zini yumib olgan hamda bir oyog‘ini bukib, yerga tayanib turgan bo‘ladi. Mahoratli rassom suvratda podshohning g‘ilay ko‘zi va cho‘loq oyog‘ini shu holatda yashiribdi. Boshqa hamkasblari uning mahorati va ziyrakligi oldida bosh egib, unga tasannolar aytishibdi.

Ha, hamma gap qanday qarashda. Biroq…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun